19:13 / 25.05.2017
11847

Rossiya TIV: Turkiyaning bayonotidan keyin Suriya shimolida vaziyat og‘irlashgan

Foto: Reuters

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildiki, Suriya shimolida vaziyat taranglashishi katta ehtimol bilan Turkiya hukumatining bayonoti ortidan ro‘y bergan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

Zaxarova rasmiy Anqara Suriya shimolida «Suriya demokratik kuchlari»ga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar o‘tkazish rejasi haqida ma'lum qilganini eslatib o‘tdi.

«Anqaraning SDKga qarshi keng ko‘lamli amaliyotlar o‘tkazish rejasi haqida ma'lum qilishi Suriya shimolida kurdlar va turkparast kuchlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar ehtimolini oshirdi», — degan diplomat.

Bundan oldinroq AQSh Davlat departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Jonatan Koen amerikaliklar va turkiyaliklar Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muloqotni chuqurlashtirishi zarurligi haqida aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid
Top