17:29 / 25.05.2017
28328

Yunusobod tumanidagi uylarning birida ayol kishining murdasi topildi

2017 yilning 19 may kuni taxminan soat 17:00 da, Yunusobod tumani hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarining birida, ayol kishining ko‘plab sanchilib kesilgan jarohati bilan murdasi topilgan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi. 

Shuningdek, xonadondan unga tegishli bo‘lgan “SAMSUNG” rusumli uyali aloqa telefon apparati, tilla taqinchoqlari va pullari saqlangan temir quti talon-toroj qilinganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan (qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, Ali Amankulov (anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tomonidan sodir etilganligi aniqlandi. Undan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan 3.600.000 so‘m pul, 101 AQSh dollari, “SAMSUNG” rusumli uyali aloqa telefon apparati, tilla taqinchoqlar va erkaklar qo‘l soati olingan. 

Hozirda Amankulovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Mavzuga oid
Top