14:37 / 25.05.2017
33842

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga rahbar tayinlandi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Prezidentining 11 maydagi farmoni bilan tashkil etilgan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga rais tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati farmonida ma'lum qilingan.

Unga ko‘ra, Bakirov Nizomiddin Jalilovich O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. 

Bungacha Nizomiddin Bakirov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Prezident farmoni bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tashkil etildi

Top