11:00 / 25.05.2017
9346

Joze Mourino: Biz to‘rtinchi o‘rindan ko‘ra yaxshirog‘ini istagandik va bunga erishdik

Foto: Sovetskiy sport

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa Ligasi finalida «Ayaks»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba qayd etilgan uchrashuvdan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu juda og‘ir kechgan mavsum yakuni bo‘ldi, juda va juda yaxshi yakun. Biz premer-ligada to‘rtinchi o‘rindan ko‘ra ko‘prog‘ini istadik. Maqsadga erishdik - kubok bilan Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldik. Endi klubda dunyo futbolidagi barcha sovrinlar bor. Biz avvalboshdan shuni ko‘zlagandik. Biz hamisha Yevropa Ligasida g‘olib bo‘la olishimizga ishonardik.

Bugun biz aql bilan o‘ynadik. Biz bilardikki, g‘alaba qozona olamiz. Agar to‘pga egalik qilishni xush ko‘radigan raqib futbolchilariga bosim o‘tkazishni istasang, qisqa paslardan foydalanmasliging kerak. Agar havoda ustunlikka ega bo‘lsang, uzun paslardan foydalanishing kerak.

Futbol tarixida nafis o‘yin ko‘rsatganlar ko‘p bo‘lgan, ammo ular ko‘p sovrinlar yuta olishmagan. Biz ularning bizdan yaxshi jihatlari borligini bilardik, biz o‘zimizning ulardan qanday afzalliklarimiz borligini ham bilardik. Biz ularning yaxshi jihatlarini o‘zimizga singdirdik. Barchasi omadli kechdi. Biz bu mavsumda 3ta sovrinni qo‘lga kiritdik va Chempionlar ligasiga chiqdik. Men futbolchilardan mavsum uchun minnatdorman», - deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan UYeFA rasmiy sayti.

Qayd etish kerakki, Mourino YeChL va Yevropa Ligasida bir martadan ortiq zafar quchgan ilk murabbiyga aylandi.

Mavzuga oid
Top