Toshkent shahrining 36ta o'rta ta`lim maktablarida kunduzgi dam olish maskanlari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan, yozgi dam olish mavsumida yoshlar va bolalar ishtirokidagi yo'l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida mazkur maskanlarga Toshkent IIBB YHXB xodimlari biriktirilgan bo'lib, ular yo'l harakatlari qoidalariga rioya etish qanchalik zarur ekanligi borasida targ'ibot ishlarini davom ettirishadi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo'limi boshlig'i mayor Alisher Abduqodirov ma`lum qildi. 

Foto: mayor Alisher Abduqodirov

Bundan tashqari, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida, rejaga muvofiq, Toshkent shahri ko'chalarida “Targ'ibot avtokarvoni” tadbiri o'tkaziladi. U shahar yo'llari va ko'chalarida aylanib, odamlar gavjum bo'ladigan bozor, bekatlar, madaniy-istirohat bog'larida patrul mashinalarining ovozkuchaytirgichlari orqali yo'l harakatlari qoidalariga rioya qilish ishlari targ'ibot qilinadi. 

Unda fuqarolar yozgi mavsumda bolalarni turli YTHlar ehtimolidan muhofaza qilish masalasiga e`tibor qaratiladi.