13:58 / 26.05.2017
4518

AlphaGo dasturi go bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Foto: Hi-News

Go o‘yini bo‘yicha rasmiy chempionat o‘tkazilmadi, lekin bu safar algoritm go bo‘yicha dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi Ke Tszeni yarim ochkoga mag‘lub qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqida Hi-News xabar berdi. 

Google Deep Mind rahbari Demis Xassabisning so‘zlariga ko‘ra, bu safar AlphaGo o‘yinning boshidayoq yetakchilikni qo‘lga kiritishga yo‘naltirib dasturlashtirildi, ammo dastur sozlamalari sun'iy intellekt o‘yinining boshqa variantlarini ham ko‘zda tutadi. Masalan, uni ochkolar bo‘yicha farqni oshirishga yo‘naltirib dasturlash ham mumkin.

Musobaqa davomida Ke Tsze bir o‘yinda bir necha marotaba dasturdan o‘zib ketdi, lekin biroz vaqt o‘tib, AlphaGo chempionni yana ortda qoldira boshladi, zero sun'iy intellekt o‘yin boshidanoq g‘alabaga dasturlashtirilgan. Ehtimol, aynan shuning uchun ham ochkolar o‘rtasidagi farq u qadar katta bo‘lmagan. 

Yaqin vaqt ichida go bo‘yicha yana ikki o‘yin o‘tkaziladi, ularda odamlardan tashqari sun'iy intellekt ham ishtirok etadi. Ma'lumki, o‘yinlardan biri davomida dastur biryo‘la besh o‘yinchi bilan bellashadi. 

AlphaGo'ning yangi versiyasi yaqindagina xitoy saytlarida 60 o‘yinchini mag‘lub qilgan versiyasiga nisbatan yanada yaxshilandi. 

Top