07:49 / 26.05.2017
7938

Tsukerberg Harvardni tashlab ketgandan 12 yil o‘tib ilmiy daraja oldi

Foto: Facebook.com/MARK ZUCKERBERG

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg Harvardni tashlab ketgandan 12 yil o‘tib ushbu nufuzli ilm dargohining ilmiy darajasini oldi. Bu haqda Tsukerbergning o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi

"Onajon, o‘qishga qaytib, ilmiy darajani olaman, deb sizga aytgandim-ku", deb yozgan Tsukerberg xabarida. U huquq bo‘yicha doktor darajasini oldi.

Bo‘lg‘usi milliarder Harvardda 2002 yildan ta'lim ola boshlagan. 2004 yilda esa u Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschilaridan biriga aylangan va uni rivojlantirishga ko‘proq vaqt ajratish maqsadida 2005 yilda o‘qishni oxirigacha yakunlamay, universitetni tark etgan. 

Mavzuga oid
Top