16:40 / 26.05.2017
19607

MDH bosh vazirlari qanday hujjatlarni imzolashdi?

Foto: VB

Qozonda MDH hukumat rahbarlari MDH ishtirokchi davlatlarining 2020 yilgacha Davlatlararo innovatsion hamkorligi dasturini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar haqida hujjatni imzolashdi. Bu haqda MDH hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishining kun tartibida aytilgan, deb xabar bermoqda TASS.

O‘zbekiston Bosh vaziri Tataristonga yetib keldi

"Muhokamasiz imzolash uchun hujjatlar – 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan MDH ishtirokchi davlatlarining Davlatlararo innovatsion hamkorlik dasturini 2020 yilgacha amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar. Loyiha MDH Iqtisodiy kengashining 2017 yil 17 mart kungi yig‘ilishida tasdiqlangan", - deyiladi hujjat matnida.

Bundan tashqari, MDH hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida 2011 yilning 18 oktabr kunidan erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi Shartnomaga 4-ilovada nazarda tutilgan ekspertlar komissiyasi raisi va a'zolarini mukofotlash tartibini aniqlash haqidagi hujjat imzolandi.

Foto: VB

Shuningdek, normativ-huquqiy va normativ-texnik tartibga solish bo‘yicha uslublarni yaqinlashtirish, tinch maqsadda atom energiyasini foydalanish sohasida metrologik ta'minlashni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

MDH hukumat rahbarlari geodeziya, kartografiya, kadastr va masofadan turib Yerni tadqiq etish sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, kontrafakt mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqalishiga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik, intellektual mulkni himoya qilish va huquqiy daxlsizligini saqlash sohasidagi kelishuvlarni imzolashdi. Shuningdek, MDH ishtirok davlatlarining 2020 yilgacha davlatlararo innovatsion hamkorligi dasturi operatori holatini faollashtirish, radionavigatsiya dasturi, uyushgan jinoyatchilik bilan kurashni muvofiqlashtirish bo‘yicha byuro nizomiga o‘zgartirishlar kiritish, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi iqtisodiy sudi haqida hujjatga qo‘l qo‘yildi.

Hammasi bo‘lib 10 ta kelishuv imzolandi.

Top