21:45 / 26.05.2017
6661

Toshkentda paralimpiya dzyudosi bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati boshlandi

26 may kuni Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida ilk marotaba paralimpiya dzyudosi bo‘yicha 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini beradigan Osiyo va Okeaniya chempionati boshlandi.

Ushbu musobaqada Osiyoning eng kuchli Eron, Janubiy Koreya, Hindiston, Iroq, Tojikiston, Xitoy Taypey, Tayland, Qozog‘iston va jahonning eng kuchli jamoasi hisoblanadigan O‘zbekiston jamoalari ishtirok etmoqdalar.

Musobaqaning ochilish marosimida estrada yulduzlari, bolalar va milliy raqs ansambllari o‘z dasturlari bilan ishtirok etdilar. Ochilish marosimida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Tashxodjayev Muxtorxon so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni musobaqa bilan tabrikladi va chempionatni ochiq deb e'lon qildi.

26 may holatiga ko‘ra ayollar o‘rtasida:

48 kg gacha vazn toifasida 1-o‘rinni Komilova Yoqutxon (O‘zbekiston), 2-o‘rinni Leye Kay Lin (Xitoy Taypey), 3 o‘rinni Xurramova Lobar (O‘zbekiston) egalladilar.

52 kg gacha vazn toifasida 1-o‘rinni Sallayeva Sevinch (O‘zbekiston), 2-o‘rinni Vongchongpxu Metxini (Tayland) egalladi.

57 kg gacha vazn toifasida 1-o‘rinni Sheripboyeva Nafisa (O‘zbekiston), 2-o‘rinni Kxvayngmuyang Aitsarapxon (Tayland) egalladi.

Erkaklar o‘rtasida:

60 kg gacha vazn toifasida 1-o‘rinni 2016 yilgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni Namozov Sherzod (O‘zbekiston), 2-o‘rinni Li Min Jay (Janubiy Koreya), 3-o‘rinni Banitaba Xoram Abadi Seyyed Meysam (Eron) va Jang Seongjin (Janubiy Koreya) egalladi.

66 kg gacha vazn toifasida 1-o‘rin Raxmati Sayid (Eron), 2-o‘rin Turumbetov Azamat (Qozog‘iston), 3-o‘rin Singx Jaydipkumar Xridaya (Xindiston) va Tuymuradov Adizjonga (O‘zbekiston) nasib etdi.

73 kg gacha vazn toifasida 1-o‘rinni Sayidov Feruz (O‘zbekiston), 2-o‘rinni Karamatov Davruxon (O‘zbekiston), 3-o‘rinni Daulet Temirjan (Qozog‘iston) va Yang Syungjun (Janubiy Koreya) egalladi.

27 may kuni ayollar o‘rtasida 63 kg, 70 kg gacha vazn toifalarida hamda erkaklar o‘rtasida 81 kg,  90 kg, 100 kg gacha va 100 kg dan oshiq vazn toifalarida bahslar bo‘lib o‘tadi.

Top