08:27 / 26.05.2017
17265

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari: “Yangi hamkorlikda qayta xatoga yo‘l qo‘yish mumkin emas”

Foto: "Kun"

2017 yil 25 may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha IV Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunida 2 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi. Bu haqida “Kun” muxbiri xabar qiladi.

Turkiya bosh vazir o‘rinbosari Yildirim Tugrul Turkeshning so‘zlariga ko‘ra, uzoq yillik tanaffusdan so‘ng mazkur yig‘ilishning o‘tkazilishi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat uchun ko‘plab sohalarda keng qulaylik va imtiyozlar yaratish bo‘yicha birgalikda ish olib borishga imkon beradi. 

“Turkiya O‘zbekistonni ota yurt, deb hisoblaydi. Biz O‘zbekistonga yana qisqa vaqt ichida qaytishga umid bildiramiz. Bugungi komissiya yig‘ilishida ijobiy yondoshuvlarni ko‘rib, mamnun bo‘ldik. Endilikda mazkur hamkorlik jarayonida qayta xatoga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Siyosiy aloqalarning rivojlanishi iqtisodiy munosabatlarning chuqur ildiz otishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Turkiya savdo-iqtisodiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston bilan katta loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirib o‘tmoqchiman. Jumladan, O‘zbekiston tomonidan Turkiyaning Ziroat banki filialini ochish taklifi ma'qullansa, mamlakatga ushbu bank vakillarini chaqirib, uning filialini ochishni maqsad qilganmiz”, - deya ta'kidladi Turkiya bosh vazir o‘rinbosari.

Top