11:39 / 27.05.2017
7295

25 may kuni Toshkentda 4 ta YTH ro‘y berdi, 7 nafar shaxs jarohatlandi

Foto: "Kun"

2017 yilning 25 may kuni 4 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilib, mazkur hodisalar natijasida 7 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017 yilning 25 may kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan jami 3624 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 999 tasini qo‘pol turdagi, 27 tasi mast holda transport vositasini boshqarishni tashkil etadi. 

YHXBning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yilning 25 may kuni, jami 1208 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 666 tasini svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 542 tasi belgilangan tezlikni me'yoridan yuqori tezlikda harakatlanishni tashkil etadi.

Top