12:39 / 27.05.2017
6164

Afg‘oniston sharqida portlash, 18 kishi halok bo‘ldi

Foto: TOLOnews

Afg‘oniston sharqida yuz bergan portlash natijasida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Aytilishicha, mamlakat ichki ishlar vazirligi shunday bayonot bilan chiqqan.

Ta'kidlanishicha, xudkush terrorchi avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha yo‘q.

Top