20:43 / 27.05.2017
13699

Mo‘sulda ayollarga niqob kiyib yurish taqiqlandi

Foto: Getty Images

Iroq hukumati xavfsizlik maqsadida Mo‘sulda ayollarga niqob (faqat ko‘zlar ko‘rinib turadigan ayollar bosh kiyimi) kiyib yurishni taqiqladi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.  

Ushbu taqiqlov IShID jangarilari niqob ostida yashirinishlari mumkinligi sababli kiritilgan. Bundan tashqari, hukumat soat 18.00dan keyin mototsikllarda yurishni taqiqladi, bu qoidani buzganlar jazolanadilar.

Shuningdek, elektronika do‘konlari egalari mobil telefonlar va sim-kartalar xarid qiluvchi odamlar haqida barcha ma'lumotlarni to‘plashga majburlab qo‘yildilar.

Avvalroq Iroq armiyasi IShIDning Mo‘suldagi so‘nggi tayanchiga hujum boshlagani ma'lum qilingandi. 

Top