08:21 / 27.05.2017
5490

Tripolidagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 28 nafarga yetdi

Foto: News 24

Liviya poytaxti Tripolidagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 28 nafarga yetdi, 130 dan ko‘proq odam jarohat olgan. Bu haqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Avvalroq "Frans Press" axborot agentligi 26 may kuni Tripolidagi to‘qnashuvlar oqibatida 13 kishi halok bo‘lgani, 80 ga yaqin kishi jarohatlanganini ma'lum qilgandi.  

Mavzuga oid
Top