16:08 / 28.05.2017
16057

«Ansor ash-Sharia» terrorchi guruhi o‘z faoliyatini to‘xtatish haqida e'lon qildi

Foto: huffingtonpost

Liviyaning «Ansor ash-Sharia» terrorchi guruhi yetakchilari tashkilotning tarqalishi haqidagi bayonot bilan chiqishdi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi

Guruh bayonotida ta'kidlanishicha, bunday qaror qabul qilinishiga oddiy askarlar va qo‘mondonlik tarkibidagi katta yo‘qotishlar sabab bo‘lgan. «Ansor ash-Sharia» shuningdek liviyalik isyonchilarni «yagona front» tuzish uchun birlashishga chaqirgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur guruh 2012 yilda Beng‘ozidagi AQSh konsulligiga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgan. So‘nggi paytlarda «Ansor ash-Sharia» Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Halif Haftar nazorati ostidagi kuchlarga qarshi to‘qnashuvlarda qatnashgan. 

Mavzuga oid
Top