14:45 / 28.05.2017
6043

Filippinda jangarilar 19 nafar tinch aholi vakilini o‘ldirishdi

Foto: AFP

Jangarilar Filippin janubida 19 kishini o‘ldirishdi, hukumat qo‘shini va terrorchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning umumiy qurbonlari soni 85 kishiga yetdi. Bu haqida harbiylar ma'lumotiga asoslanib, France Press xabar berdi.

Filippin hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilarning tinch aholi vakillarini o‘ldirishi hozirda hukumat qurolli kuchlari hamda IShID terrorchi guruhini qo‘llab-quvvatlovchilar o‘rtasida ziddiyat kuzatilayotgan Maravi shahrida ro‘y bergan. Halok bo‘lganlar orasida 3 nafar ayol va bir bola ham bor. Qurbonlar jasadi shahardagi universitet yaqinidan harbiylar tomonidan topilgan. 

"Bu tinch aholi vakillari, ayollar... Biz ularning jasadini qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida topdik", - deydi harbiylardan biri. 

Ta'kidlash joizki, Filippin armiyasi Maravi shahri janubida jami 13 jangarini yo‘q qildi.

Top