09:59 / 28.05.2017
16393

IShID va «Jabhat-un-Nusra» o‘zaro jang qilmoqda

Foto: AP

IShID va «Jabhat-un-Nusra» terrorchilik guruhlari jangarilari Livan va Suriyaning tog‘li hududlarida o‘zaro jang qilmoqdalar. 27 mayda yuz bergan to‘qnashuvda 40 ga yaqin terrorchi yo‘q qilingan. Bu haqda Al Mayadeen telekanali xabar bermoqda.  

27 may kuni IShID jangarilari «Jabhat-un-Nusra» jangarilarining Livanning Ersal shahri atrofidagi lageriga hujum qilgan. To‘qnashuvlar butun chegara hududi bo‘ylab boshlangan. Jang davomida IShID 27 jangarisini, «Jabhat-un-Nusra» va u bilan ittifoqdosh «Saroy Ahl ash-Shom» qurollangan otryadlari 11 jangarisini yo‘qotgan.

Livan va Suriya chegarasidagi tog‘ daralari jangarilar tomondan bazalar va mashg‘ulot lagerlari sifatida qo‘llanadi. Bu yetib borish qiyin bo‘lgan hududlar orqali Suriyaga qurol va yollanma jangchilar tashlanadi. 

Top