23:23 / 28.05.2017
20764

Qator davlatlarga O‘zbekistondan yangi elchilar tayinlandi

2017 yilning 27 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 10 yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilyor Hakimov O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV Axborot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Vitaliy Fen O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tasdiqlandi. V.Fen 1995-2013 yillari O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Muvaqqat ishlari vakili, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Elchisi sifatida ishlagan.

Shuningdek, Farhod Arziyev O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tasdiqlandi. F.Arziyev ilgari O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasida maslahatchi lavozimida ishlagan.

Top