15:11 / 28.05.2017
8170

Makron: Tramp dunyo qoidalarini buzmaydi

Foto: l'express

AQSh prezidenti Donald Tramp dunyo qoidalarini buzmaydi, deb hisoblaydi Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron. Corriere della Sera gazetasi shu haqda xabar berdi.

"Tramp dunyo, shu jumladan erkin savdo sohasidagi qonun-qoidalarini buzmaydi. U qandaydir ikki tomonlama kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin, lekin ko‘p tomonlama bitimlarini hurmat qiladi. Jahon savdo tashkiloti  qoidalari muhokama qilinmaydi", - dedi Makron.  

U shuningdek Amerika prezidentini qat'iy va kuchli shaxs sifatida e'tirof etdi. "Shu bilan birga u ochiq va pragmatik hamdir. Eshita oluvchi va to‘g‘risini gapiruvchi haqiqiy realist", - dedi Fransiya prezidenti.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, Taormindagi G7 sammitida demokratiya yetakchilari qadriyatlar jamiyati qanday bo‘lishini namoyon qilishdi, Tramp ham buning bir bo‘lagidir.

"U chetda turmaydi, u o‘z rolini bajaradi", - deya ta'kidladi fransuzlar rahbari.

27 may kuni Italiyaning Taormin shahrida "Katta yettilik" sammiti bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid
Top