10:57 / 28.05.2017
10828

Olimlar qanday ob-havo uyquga salbiy ta'sir qilishini aniqlashdi

Foto: © Fotolia / Yuri Arcurs

San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti olimlari tungi vaqt havo haroratining ko‘tarilishi uyquga salbiy ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Ularning tadqiqotlari natijalari Science Advances jurnalida chop etildi

Olimlardan biri Nik Obradovichning aytishicha, tadqiqotning o‘tkazilishiga 2015 yil oktabrda San-Diyegoda qayd qilingan noodatiy issiq havo sabab bo‘lgan. Obradovich uning o‘zi va yon-atrofidagi ko‘pchilik bu vaqtda to‘yib uxlay olmaslikdan aziyat chekkanini payqagan. Bu esa olimda tungi vaqtdagi harorat o‘zgarishi va uyqu sifati o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik borligini tekshirish fikrini tug‘dirgan.

Tadqiqot uchun 2002 yildan 2011 yilgacha AQShning 765 ming fuqarosi ishtirokidagi tibbiy tadqiqotlar ma'lumotlari asos qilib olingan. Olimlar sinaluvchilar tomondan qayd qilingan yetarlicha uxlay olmaslik holatlari va havo harorati haqidagi ma'lumotlarni taqqoslab ko‘rishgan.

Natijada haroratning Tselsiy bo‘yicha 1 gradusga ko‘tarilishi uyquning buzilishiga olib kelishi aniqlangan. Tungi vaqt harorat isishining salbiy ta'siri yoz faslida ayniqsa o‘tkirlashadi. Olimlarning qayd qilishicha, moddiy yetishmovchilikka ega hamda 65 yoshdan katta insonlar harorat isishi oqibatida vujudga keladigan uyqusizlikdan boshqalarga nisbatan ko‘proq aziyat chekadilar.

Mavzuga oid
Top