22:55 / 29.05.2017
5912

Yamanda ichburug‘ va vabo bilan kasallanganlar soni 42 mingdan oshdi

Foto: AFP 2017 / Mohammed Huwais

Yamanda bir oy ichida ichburug‘ va vabo bilan kasallanganlar soni 42 mingdan oshib ketdi. JSSTning dushanba kungi ma'lumotiga ko‘ra, kasalliklar asosan poytaxt Sana hamda Hajja va Amron provinsiyalarida qayd qilingan.

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, 27 apreldan 24 mayga qadar Yamanda 42 ming 207 nafar o‘tkir ichburug‘ va vaboga chalingan bemorlar qayd qilingan. Ulardan 420 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Labaratoriya sharoitlarida tasdiqlangan vabo holatlari hozircha 313 nafarni tashkil qiladi. 

Tashkilotda ta'kidlanishicha, so‘nggi oyda o‘lim holati 2016 yil oktabridan 2017 yilning martiga qadar bo‘lgan davrga nisbatan deyarli uch karra oshgan. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Yamanda o‘tgan yilning oktabridan boshlab vabo taxmin qilingan bemorlar soni 49 495 kishini tashkil qiladi, kasallik bilan bog‘liq 362 o‘lim holati ham shular jumlasidandir.

Mavzuga oid
Top