"Atletik Bilbao" sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Barselona"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda maxsus press-konferetsiyada "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ma'lum qildi.
53 yoshli mutaxassis bosh murabbiy lavozimida Luis Enrike o‘rnini egalladi. Valverde bilan 2 yillik shartnoma imzolandi.
Ma'lumot Valverde futbolchilik faoliyati davomida (1988-1990) "Barselona" sharafini ham himoya qilgan.