11:17 / 29.05.2017
15136

Yunusobodda katta yong‘in ro‘y berdi, tikuv sexi butunlay yonib ketgan

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yil 28 may kuni soat 07:20 da Yunusobod tumani, Yunusobod 4-dahasida yirik yong‘in yuz berdi. 

Yong‘in bu yerda joylashgan tikuv sexida sodir bo‘lgan, oqibatda sexning ichki qismi va uskunalar 200 kvadrat metr maydonda yongan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Ayni damda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top