12:40 / 30.05.2017
6042

Spalletti iste'foga chiqarildi

«Roma» jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti bilan shartnoma bekor qilinganini tasdiqladi.

Rimliklar jamoasi mavsum yakunida turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi, jamoa chempion «Yuventus»dan 4 ochkoga ortda qoldi va Chempionlar ligasi guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.

«Spalletti rahbarligida «Roma» yakunlangan mavsumda ko‘p ochko ishladi va gol urish bo‘yicha klub rekordi o‘rnatildi. Biz Luchanoga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymz», – deya «Roma» prezidenti Jyeyms Pallottaning so‘zlarini keltirgan jamoa rasmiy sayti.

Bundan avvalroq Spalletti «Inter»da ish boshlashga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

«Roma»ning yangi murabbiyi sifatida o‘tgan mavsumlarda «Sassuolo»ni boshqargan Eusebio Di Franchesko tanishtirilishi kutilmoqda.

Top