21:29 / 30.05.2017
18801

Sud Alisher Usmonov-Navalniy ishi bo‘yicha Dmitriy Medvedevni so‘roqqa chaqirishdan bosh tortdi

Foto: TACC

Moskvaning Lyublino tuman sudi 30 may kuni rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning muxolifatchi Aleksey Navalniyga qarshi sha'n va qadr-qimmatni himoya qilish bo‘yicha shikoyati yuzasidan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevni so‘roqqa chaqirishdan bosh tortdi. Bu haqda TASS axborot agentligi muxbiri xabar berdi.

"Navalniyning Medvedev Dmitriy Anatolevichni so‘roqqa chaqirish bo‘yicha arznomasini qondirish rad etilsin", deb hukm chiqardi sudya Marina Vasina. 

30 may kuni Usmonovning shikoyati mohiyatini ko‘rib chiqish boshlandi. Sud jarayonini javobgarning tomoni ishning to‘xtatilishini so‘rash bilan boshladi. Rad javobini olgach, Navalniy suddan Medvedevni so‘roqqa chaqirishni so‘radi. "Medvedev ish bo‘yicha muhim guvoh hisoblanadi, chunki bizning tergovga ko‘ra, u janob Usmonovdan uyi bor yer maydonini olgan", deb aytgan Navalniy.

Usmonov vakillari Medvedevni shikoyatga aloqasi yo‘qligini aytib, uning sudga chaqirilishiga qarshi chiqishgan. "Medvedev Usmonov mulkni topshirgan jamg‘arma tashkilotchisi yoki egasi ekanligi hech nima bilan tasdiqlanmagan", deb aytgan Usmonov advokati Genrix Padva.

Sud, shuningdek, Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni ham sudga chaqirish iltimosini, shuningdek, Navalniy va Korrupsiyaga qarshi jamg‘armaning Rosreyestrdan tegishli hujjatlarning taqdim qilinishi iltimosini rad etdi. 

Usmonovning shikoyati bo‘yicha tomonlarning so‘zga chiqishi 31 may kuni soat 12:00da bo‘lib o‘tadi. 

Usmonov unga Navalniy qo‘yayotgan ayblovlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligining tan olinishi va Navalniyning ularni rad etishini so‘ramoqda. Shu bilan birga Usmonov Navalniyga hech qanday moliyaviy e'tirozlar bildirmagan.

Mavzuga oid
Top