08:11 / 31.05.2017
8039

AQSh ballistik raketalarni tutuvchi raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Foto: AFP 2017 / US Air Force / Joe Davila

AQSh harbiylari seshanba kuni qit'alararo ballistik raketalarni tutishga mo‘ljallab yaratilgan raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqda AQSh raketalarga qarshi mudofaa agentligi xabar bergan.

Mahkama xabariga ko‘ra, shuningdek, parvozning marsh qismida yerdagi raketalarga qarshi mudofaa tizimi ham sinovdan o‘tkazildi. U Kaliforniyada joylashtirilgan bo‘lib, Tinch okeanining Marshall orollari yaqinidan uchirilgan bir necha raketani aniq nishonga olgan. Aniqlik kiritilishicha, nishon “to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv” natijasida yo‘q qilindi.

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, sinov birlamchi maqsadiga erishgan, dastur bilan shug‘ullanuvchi rasmiy shaxslar tizimni telemetriya va sinov jarayonida olingan boshqa ma'lumotlar asosida baholab borishadi", - deya ta'kidlanadi xabarda.

Sinov KXDR tomonidan avvalroq raketa sinovlari seriyasi o‘tkazilgani fonida ro‘y berdi. AQSh bunga javoban mintaqadagi o‘z pozitsiyasini kuchaytirib, Janubiy Koreyada raketalarga qarshi mudofaa tizimini joylashtirmoqda, shuningdek, mamlakatning asosiy qismi himoyasini mustahkamlamoqda.

Ochiq manbalar ma'lumotiga ko‘ra, AQShning GMD raketalarga qarshi mudofaa kompleksi 2005 yilda ishga tushirilgan. U qit'alararo ballistik raketalar va ularning jangovar qismlarini Yer atmosferasidan tashqaridagi fazoviy makonda tutishga mo‘ljallangan. 

Mavzuga oid
Top