19:45 / 31.05.2017
8251

Filippinda jangarilar bosib olgan shaharda halok bo‘lganlar soni 129 nafarga yetdi

Foto: AP

Filippinda Maravi shahrini bosib olgan IShID jangarilariga qarshi aksilterrorchilik operatsiyasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 129 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy mansabdor shaxslarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. 

Hukumat armiyasi vakili Restituto Padilyaning aytishicha, 960 kishi qutqarib qolingan, biroq qamal qilingan shaharda yana mingdan ko‘proq odam qolmoqda. Uning aytishicha, armiya shaharni jangarilardan 90 foizga tozalagan.

Ta'kidlanishicha, shaharning qamal qilinishi hukumat qo‘shinlarining Filippinda IShID bilan bog‘langan guruh yetakchisi Isnilon Xapilonni qo‘lga olishdagi muvaffaqiyatsizligi oqibati bo‘ldi. 

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakatdagi vaziyatning keskinlashishi sababli 5-6 iyunga belgilangan Yaponiyaga safarini bekor qildi.

Mavzuga oid
Top