14:35 / 31.05.2017
13370

Xitoyning CNPC kompaniyasi Buxoro viloyatida gaz qazib olishni boshlamoqda

Foto: O‘zbekneftegaz

Xitoyning CNPC milliy neftegaz kompaniyasi Buxoro viloyatining uchta yirik gazkondensat konida gaz qazib olishni boshlamoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, konlarda bir yilda 1 mlrd kub metr gaz qazib olinadi. 

Avvalroq New Silk Road Oil & Gas Company Ltd o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi joriy yilda Qorako‘l investitsiyaviy bloki (Buxoro viloyati) konlarida gaz qazib olishni boshlashi haqida xabar berilgandi.

Qiymati 377,5 mln dollar bo‘lgan loyiha texnik-iqtisodiy asosi O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan. Bunda Xo‘jasayot uchastkasining Dengizko‘l GKK, Xo‘jadavlat GKK va Sharqiy Olot GKKda ishlar olib boriladi. Konlarda ishlarni yo‘lga qo‘yishda CNPC’ning bo‘linmasi China Petroleum Engineering & Construction Corporation (CPECC) pudratchi vazifasini bajaradi.

CPECC Qorako‘l investitsion blokidagi gaz konlarini loyihalashtiradi, moddiy-texnik jihatdan ta'minlaydi, kerakli infratuzilma obektlarini qurish va foydalanishga topshiradi.  

2006 yilda CNODC (CNPC’ning bo‘linmasi) «O‘zbekneftegaz» MXK bilan beshta investbloklarda 5 yil davomida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuv imzolagandi.

Top