08:18 / 31.05.2017
5499

XVJ Tojikistonga yana moliyaviy yordam bermoqchi

Foto: Sputnik

Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi Tojikiston hukumati bilan moliyaviy yordam dasturini tiklash imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda jamg‘arma xabarida aytilgan.

«Missiya rasmiy idoralarning XVJ dasturi tiklanishiga qaratilgan sa'y-harakatlarini ijobiy baholadi va islohotlarni o‘tkazish hamda dastur haqidagi muzokaralarni tiklashga yo‘l ochib beruvchi qadamlarni muhokama qildi», - deya ma'lum qilishdi Xalqaro valyuta jamg‘armasida.

Aniqlik kiritilishicha, XVJ xodimlari Tojikiston rasmiy idoralari bilan qalin aloqada bo‘lib, Tojikiston milliy banki va hukumatning makroiqtisodiy barqarorlik hamda inklyuziv o‘sish borasidagi harakatlariga ko‘maklashadi.

Top