08:15 / 31.05.2017
4195

Iroqning Xit shahridagi portlashda 13 kishi halok bo‘ldi

Foto: Twitter.com/@ahmusawi

Iroqning g‘arbidagi Xit shahrida sodir etilgan portlashda 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "As-Sumariya" telekanaliga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. Yana 22 kishi jarohat olgan.   

Guvohlarning aytishicha, portlash shahar markazidagi maktablardan birining yonida sodir etilgan.

Portlovchi moddani terrorchi-xudkush harakatga keltirgan. Hozircha birorta terrorchilik tashkiloti ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. 

Mavzuga oid
Top