13:19 / 31.05.2017
32179

Qiziqarli, foydali, mazali!

"Nima uchun sharbat qutilari uchburchak yo aylana emas, aynan to‘rtburchak shaklida?", "Qopqoq ostidagi folga qayerdan paydo bo‘ldi?", "Nima uchun qadoqdan sharbatning bori tushmaydi?", "Sochnaya dolina"ning barcha turlarini aralashtirilsa, nima hosil bo‘ladi?" Eng yosh va qiziquvchan iste'molchilar uchun kompaniya tomonidan tashkillashtirilgan InterSok zavodi bo‘ylab sayohat davomida "nima uchun", "qanday qilib" degan savollarning adog‘i bo‘lmadi.

Ma'lumki, bolalar fikri - obektiv va adolatli bo‘ladi: agar nimadir yoqsa, samimiy va chin dildan, yoqmasa... Hech qanday urinish uning  nordon narsani shirin, zerikarlisini esa quvnoq deb aytishga majbur qila olmaydi. Umuman olganda, ekskursiyalarda ishtirok etayotgan bolalarni ko‘ndirishga hojat ham yo‘q. Quvonchdan porlayotgan ko‘zlar, samimiy xursandchilik, hammasini ko‘rishga, bilishga, sinab ko‘rishga bo‘lgan ishtiyoq - muvaffaqiyatning eng yaxshi isboti.

InterSok zavodini tekshirishga borgan ilk qaldirg‘ochlar Facebook'dagi mashhur «Potrebitel.uz» guruhi ishtirokchilari bo‘lishdi. 2017 yilning yanvarida bolalar va ota-onalar quvnoq "desant"i avtobuslarga o‘tirib, poytaxtning Bektemir tumaniga yo‘l oldi. «Sochnaya dolina», VIKO, Pro100Sok savdo markalarining sharbat va nektarlari, «UP» savdo markasining yangi format (125 ml)dagi bolalar sharbatlari va nektarlarini ishlab chiqaruvchi korxona shu yerda joylashgan.

Qiziqarli sayohatda bolalarga «Fiksiki» multfilmi qahramonlari Nolik va Simka hamrohlik qilishdi. Bolalar va qizlar mazali mahsulotlarni ishlab chiqarishning barcha bosqichlari bilan tanishib chiqishdi, bo‘lg‘usi sharbat va nektarlarning asosi - ulkan suvli tankerlar, meva konsentrati bo‘lgan bochkalarni ko‘rishdi. Mutaxassislar izoh berishdi: sharbat - bu tozalangan suv va shakarsiz meva konsentrati, nektar esa - xuddi shuning o‘zi, lekin tarkibida shakar bor. Hech qanday "kimyo" va zararli konservantlar yo‘q. «Sochnaya dolina» savdo markasida yuz foiz tabiiy sharbatlarning uch xili bor: olmali, uzumli va tomat sharbati. Assortimentda jami - 16 xil ta'm. Bolalar ularni munosib baholashdi: ekskursiya oxirida ularning barchasi o‘z sevimli ichimligini qo‘lga kiritadi.

Loyiha bolalarda qanday qiziqish uyg‘otganini ko‘rgan kompaniya rahbariyati uni davom ettirishga qaror qildi. Yanvar-may oylarida 28 ta maktab vakillari InterSok zavodiga tashrif buyurishdi. Bu 1200 dan ziyod bolalar va 100 dan ortiq ota-onalardir. Bahor oyining so‘nggi ikki oyida poytaxtning 6, 17, 50, 61, 71, 89, 110, 127, 168, 294-sonli umumta'lim maktablari, shuningdek  Lider, Future Education, Genesis Education kabi ta'lim muassasalari o‘quvchilari korxonada bo‘lishdi. Ekskursiyalar haftada ikki marta o‘tkaziladi, bir kunda 50 ga yaqin kishi keladi. Zavodda bo‘lish istagini bildirganlar shu qadar ko‘pki, tashriflar rejasi bir oy avvaldan yozib qo‘yiladi.

Dastur batafsil o‘ylab tuzilgan. «Mazali» avtobuslar bolalarni maktab darvozasi oldidan olib ketadi va qaytib shu yerning o‘zida qoldiradi. Korxonaga kirishdan avval yosh tadqiqotchilar himoya kiyimlari, qalpoqlar kiyishadi: bunday «dress-kod»siz zavodga hech kim qo‘yilmaydi. Texnologlar «Texnik xavfsizlik qoidalari»ni tushuntirishadi. Kompaniya xodimlari ekskursiyalarni o‘tkazish davomida bolalar auditoriyasi bilan ishlashning haqiqiy ustasiga aylanishdi. Ular murakkab jarayonlarni oson tushuntirish yo‘llarini o‘rganib olishdi. Shuningdek - bolalar bilan birga quvonish va ajablanishga ham. Masalan, TetraPak liniyasi qanday ishlashiga: turfa rangli qutilar konveyerdan o‘tkazilib, aqlli tizim ularga sharbatlarni quyadi, folga bilan qadoqlaydi va qopqog‘ini yopadi. Mahsulotni bunday aseptik qadoqda saqlash muddati - bir yil. Ha, bu maskan  mo‘'jizalarga boy.

Ilya Safronov, 8 yosh (151-maktab):

- Menga zavodda suv to‘ldirilgan katta "kastryullar" yoqdi. U maxsus suv bo‘lib, sharbatlarga qo‘shiladi. Bizga aytishlaricha, suv chuqu-u-ur quduqdan (120 metrlik quduq - muallif) olinar ekan. Barcha zararli narsalar olib tashlanib, faqat foydalilari qoladi. Shuning uchun ham sharbatlar shunday mazali bo‘lsa kerak! Menga eng yoqadigani - olmali sharbat.

Yekaterina Markina, 9 yoshli Semyonning onasi:

- Ekskursiya haqida Facebook'dagi e'lon orqali xabar topdim. Darhol unda ishtirok etish istagi tug‘ildi, chunki o‘g‘lim «Sochnaya dolina» sharbat va nektarlarini yaxshi ko‘radi. Biz Semyon bilan sovg‘a tayyorladik - plastilindan yasalgan sevimli mevalar tavsiri.

Bizning 89-maktabimizdan 50 kishi zavodga bordik. Bu sayohat qanchadan-qancha quvonch baxsh etdi! Bolalar ko‘zlarini katta-katta ochib qarab, hayron bo‘lib, savollar berishardi. Masalan, Semyon qanday qilib qadoqning shunday kichik og‘zidan sharbat quyilishi jarayoniga qiziqdi. Texnologlar bu jarayon avtomatlashtirilganini tushuntirishdi. Bunday qiziq va foydali tadbir uchun tashkilotchilardan minnatdorman.

 

 

Ekskursiya tugagach, bolalarning hech biri quruq qo‘l bilan ketmaydi: kompaniya har bir mehmonga «Sochnaya dolina» va «UP» savdo markalarining sharbat va nektarlarini sovg‘a qiladi. Shu bilan birga kichik havaskor fotosessiya o‘tkaziladi.

InterSok – barkamol avlodning shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shib, iste'molchining madaniyati va mahalliy savdo markalariga bo‘lgan ishonchini oshirib, muntazam ravishda bolalar bilan ishlaydigan O‘zbekistondagi yagona zavod. Bu - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan import o‘rnini bosish siyosatining muhim omilidir. Har bir shunday sayohat - kasbiy yo‘naltirishning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Bolalar yangi kasblar haqida tasavvurga ega bo‘lishadi, zamonaviy mutaxassislarning mehnati naqadar yuqori texnologiyaga asoslanganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishadi. Zavod bo‘ylab sayohatdan keyin ko‘p o‘quvchilarning muhandis yoki texnolog bo‘lish va albatta, shunday katta ko‘rkam korxonada ishlash istagini bildirishi bejiz emas!

InterSok zavodi bo‘ylab ekskursiyalar iyun oyi oxiriga qadar o‘tkaziladi va sentabr oyida, o‘quv yilining boshlanishi bilan qayta tiklanadi.

Top