17:20 / 31.05.2017
7208

Putin Turkiyaga nisbatan qator iqtisodiy cheklovlarni bekor qildi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga nisbatan qator iqtisodiy cheklovlarni bekor qilish haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.

Davlat rahbari turk ishchilarini yollash va alohida sohalarda turk kompaniyalarining ishlashiga tegishli cheklovlarni olib tashladi.

Putin TIVga Anqarani 2010 yilda imzolangan, fuqarolarning o‘zaro qatnovlari shartlari haqidagi kelishuv qisman tiklanishi haqida xabardor etish vazifasini topshirdi. Shuningdek, prezident Rossiyaga vizasiz kiruvchi turk fuqarolari ro‘yxatini kengaytirdi.

Endilikda Rossiyaga qisqa muddatli safarlar bilan keluvchi, xizmat pasportlariga ega turk samolyotlari ekipajlari a'zolari, hamda ularning oila a'zolariga istisnolar mavjud.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, istisnolar Turkiya ham shunday choralarni qo‘llasa amal qiladi.

Top