17:45 / 31.05.2017
18094

Sud Alisher Usmonovning Aleksey Navalniyga da'vosini qanoatlantirdi

Foto: TASS

Moskvaning Lyublino tumani sudi milliarder Alisher Usmonovning rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga nisbatan da'vosini qanoatlantirish haqida hukm chiqardi. 

Sud shuningdek, siyosatchiga 10 kun ichida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning «maxfiy imperiya»si haqidagi «On vam ne Dimon» ( «U sizga Dimon emas») filmini o‘chirish majburiyatini yuklagan.

«Korrupsiyaga qarshi kurash fondi» tomonidan tayyorlangan bu filmda Alisher Usmonov poraxo‘r sifatida ayblangan:  Alisher Usmonov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning yaqinlariga mulk sovg‘a qilgani ta'kidlanadi, Navalniy bu sovg‘alarni «pora» deb atagan.

Ushbu filmdan keyin Alisher Usmonov Navalniyga qarshi or-nomus va obro‘ himoyasi to‘g‘risida da'vo bergandi.

Sud davomida Navalnyy hech narsani o‘chirmasligini ma'lum qilgan.

Sudda Usmonovning o‘zi ishtirok etmadi. Navalnyy Usmonov da'vosi bo‘yicha guvohlikka Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev va bosh vazir o‘rinbosari Igor Shuvalovni chaqirilishini so‘radi, ammo bu so‘rov rad etildi.

«U sizga shunchaki Dimon emas». Medvedevning «maxfiy imperiya»si fosh etildi

Navalnyy Medvedevni jiddiy aybladi. Ishda Alisher Usmonov ham bor

Top