08:27 / 01.06.2017
4157

Armanistonda jamoat joylarida chekkanlik uchun katta jarima kiritilmoqchi

Armaniston sog‘liqni saqlash vazirligi qonunga jamoat joylarida chekishga taqiqlovni buzganlik uchun 10 ming dollar miqdorida jarima kiritilishini ko‘zda tutuvchi o‘zgartirishlarni ishlab chiqmoqda. Bu haqda Armaniston sog‘liqni saqlash vaziri Levon Altunyan Armaniston jamoatchilik telekompaniyasiga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

Altunyanning aytishicha, chekish kabi illatni katta jarimalargina bilan yo‘q qilish mumkin, aks holda bu choralar shunchaki byudjyetni to‘ldirish manbasi bo‘lib qoladi.

"Birdaniga va hech qanday imtiyozlarsiz barcha jamoat joylarida chekishni taqiqlash zarur. Bunda asosiy va eng samarali yo‘l – 10 foizlik taqiqlashdir", deb ta'kidlab o‘tdi vazir. Uning aytishicha, sog‘liqni saqlash vazirligi bu choralar bilan 30-40 foiz chekuvchilarning bu zararli odatni tashlashlariga erishmoqchi.

Shifokorlar ma'lumotlariga ko‘ra, Armanistonda 55 foizga yaqin erkaklar chekadilar. Ayollar orasida bu ko‘rsatkich Yerevanda 8 foizni, viloyatlarda 3 foizni tashkil qiladi.  

Mavzuga oid
Top