11:29 / 01.06.2017
10765

Davlat ekologiya qo‘mitasiga rais o‘rinbosari, qo‘mita bo‘linmalariga esa yangi rahbarlar tayinlandi

Joriy yilning 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan, O‘ktam Choriyevich O‘tayev O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-5024-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, yangi tashkil etilgan Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasiga Bekzod Komiljonovich Qoraboyev boshchilik qiladigan bo‘ldi.

Nodir Arslonovich Mo‘minov Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (sobiq Hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi)ga rahbar etib tayinlandi.

 

Top