20:27 / 01.06.2017
6825

Dushanbeda maktab va bog‘chalarni ta'mirlash uchun ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlandi

Foto: dnpr.com.ua

Dushanbe hokimi Rustam Emomali maktab va bog‘chalarni tuman byudjyetlari hisobidan ta'mirlashga buyruq berdi.

Maktab va bog‘chalarni ta'mirlash uchun ota-onalardan pul yig‘ishni taqiqlash haqidagi buyruq Dushanbe shahri ta'lim bosh boshqarmasiga yo‘llangan. Shaharning 4 ta tumani rahbarlari ham tegishli maktublarni olganlar. 

"Bu chora korrupsiya holatlari, maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarini ta'mirlash uchun noqonuniy pul yig‘ishning oldini olishga qaratilgan. Tuman raislari bajarilgan ishlar haqida 1 avgustgacha hisobot berishlari kerak", deb aytildi shahar hokimiyatida. 

Hozirda hokimiyat vakillari maktablar va bog‘chalarda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashib, ularga shahar hokimi buyrug‘ining mohiyatini tushuntirishmoqda.

Top