"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibrohimovich manfaatlarini bildiruvchi futbol agenti Mino Rayola 35 yoshli futbolchi o‘z faoliyatini "MYu"da davom ettirmoqchiligini ma'lum qildi.
"Zlatan "Manchester Yunayted"da qolmoqchi. Unga Angliya yoqadi, u top-chempionatda o‘ynashni davom ettirmoqchi. Agar Ibrohimovich "MYu" unga muhim rol ajratayotganini ko‘rsa, unda nima uchun shartnomani uzaytirmasin?
U boshqa klublar uchun ham qimmatli aktivga aylanishi mumkin. Biroq fikrimcha, "Manchester Yunayted"ga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va barcha tomonlar nima istayotganini ko‘rish kerak", deb aytdi Rayola Talksport nashriga bergan intervyusida.