2017 yil 1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Lijiye bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma loyihalarini ro‘yobga chiqarishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz: bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qilgan edi.