17:30 / 01.06.2017
4969

«Zenit» Manchini bilan shartnoma haqida rasman e'lon qildi

Italiyalik mutaxassis Roberto Manchini «Zenit»ni boshqaradi. Bu haqda piterliklar klubining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Ushbu 52 yoshli mutaxassis 28 may kuni iste'foga chiqarilgan Mirchu Luchesku o‘rnida ish boshlaydi.

U bilan 3 yillik shartnoma tuzilgan va bu shartnoma keyinroq yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin.

«Zenit» Roberto Manchiniga Peterburgda muvaffaqiyat tilaydi! Benvenuto, Roberto Mancini!», — deyilgan xabarda.

Xabar qilinishicha, Manchini va uning shtabi «Zenit»da yiliga 7-7,5 million yevro maosh oladi.

Ma'lumot uchun, Manchining so‘nggi jamoasi Italiyaning «Inter» klubi bo‘lgandi. O‘tgan yilning avgustida milanliklar Manchinini iste'foga chiqargandi. Unga qadar ushbu mutaxassis turli yillarda «Fiorentina», «Latsio», «Manchester Siti» va «Galatasaroy» jamoalarida ishlagan va 3 marta Italiya chempioni, 4 marta Italiya Kubogi sohibi, bir marta Italiya Superkubogi g‘olibi, ikki marta Angliya chempionligi, ikki martadan Kubok va Superkubok egasi hamda bir marta Turkiya Kubogi egasi bo‘lgan.

Top