21:38 / 02.06.2017
9208

Xitoyda yuqori qavatlardan tushib ketgan toshbaqa avtomobilni yaroqsiz holga keltirdi

Xitoyning Ganchjou shahrida 26-qavatdan tushib ketgan toshbaqa Toyota Camry avtomobilining pachog‘ini chiqarib, uni yaroqsiz holga keltirdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

Mashina egasi avtoulovining tomi pachoqlangani va orqa oynasi singanini ko‘rgach, bu haqda politsiyaga xabar bergan. Politsiyachilar mashina yonida o‘lik holdagi Uzoq Sharq toshbaqasini aniqlashgan.  

Aniqlanishicha, toshbaqa mashina qo‘yilgan joy yonidagi uyda yashovchi ayolga tegishli bo‘lgan. Ayolning aytishicha, u toshbaqani oshxonada qoldirib ketgan.

Ayol bu hodisada uning aybi yo‘qligini aytib, mashinaning ta'mirlanishiga ketadigan sarf-xarajatlarni qoplashdan bosh tortgan. 

"Toshbaqani men uloqtirmaganman-ku. U o‘zi tushib ketgan", deb aytgan ayol.

Politsiyada ikki tomonga bu masalani yuridik yo‘l bilan hal qilish taklif qilingan.

Top