17:50 / 02.06.2017
7904

Kamerunda terakt yuz berdi, qurbonlar ko‘p

Kamerun shimolida “Boko Harom” guruhi xudkush terrorchilari tomonidan amalga oshirilgan portlash natijasida 11 kishi halok bo‘ldi, 30 inson jarohatlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar tarqatdi.

Ta'kidlanishicha, portlash Nigeriya bilan chegarada joylashgan Kolofata shahrida yuz bergan.

Hodisa yuzasidan surishtiruv boshlab yuborildi.

Ma'lumot uchun, “Boko Harom” – Nigeriya, Niger, Chad va Kamerunda harakatlanuvchi radikal guruh bo‘lib, 2015 yilning bahorida IShID terrorchilik tashkilotiga sodiqligini bildirgan.

Mavzuga oid
Top