14:50 / 02.06.2017
10843

Moskva g‘arbida otishma, ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: Fotolia

Rossiya poytaxti Moskva shahri g‘arbida yuz bergan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti IIVning Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga asosan xabar bergan.

Moskvada juma kuniga o‘tar kechasi Krylatskiye xolmy ko‘chasida ikki shaxslar guruhi o‘rtasida otishma yuz berdi. Bundan avval bir kishi halok bo‘lgani va uch inson jabrlangani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi

"Hodisa oqibatida besh kishi jabrlandi, ulardan ikki nafari olingan jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumdi", - degan navbatchi ofitser.

Mavzuga oid
Top