21:58 / 02.06.2017
9659

Olmaliqda qabriston yaqinida talonchilik qilgan shaxs qo‘lga olindi

Olmaliq shahrida istiqomat qiladigan 1996 yilda tug‘ilgan Bobur Shokirov (ismlari o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtoulovga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan 1986 yilda tug‘ilgan Bahriddin Doliyev Olmaliq shahar Gultepa mahallasi hududida joylashgan qabriston yaqinidagi dala maydoniga kelganida haydovchidan avtoulovni to‘xtatishni talab qilgan, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB Matbuot xizmati.

Doliyev haydovchining hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatgan holda unga tegishli 590 AQSh dollari va narxi taxminan 500 AQSh dollari bo‘lgan 1 dona “Iphone” rusumli uyali aloqa telefonini ochiqdan-ochiq tortib olib, voqea joyidan yashiringan. 

Ichki ishlar organlarining olib borgan tezkor chora-tadbirlari natijasida 1986 yilda tug‘ilgan Bahriddin Doliyev ushlanib, ushbu jinoyatni sodir etganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda mazkur jinoyatni sodir etish sabablari o‘rganilmoqda.

Top