2 iyun kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida biroz havo isishidan so‘ng yanada harorat keskin pasaydi - +6 gacha. Shaharda qor ham yog‘di. Ob-havoni kuzatish mutaxassislari Peterburgda 4 iyundan boshlab havo harorati isishini taxmin qilishmoqda, 7 iyun kuni harorat Tselsiy bo‘yicha 22 darajagacha ko‘tariladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa noqulay ob-havo haqida juda ham ko‘plab foto va videolar tarqaldi.
Tarmoq foydalanuvchilarining ma'lum qilishicha, qor yog‘ishi Rossiya poytaxti Moskva shahrining ba'zi tumanlarida ham kuzatilgan.