21:41 / 02.06.2017
8124

Sudanda qizamiqqa qarshi emlangan 15 bola hayotdan ko‘z yumdi

Foto: AFP

Janubiy Sudanda 15 nafar kichik yoshli bola qizamiqqa qarshi muvaffaqiyatsiz emlanish natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida mamlakat hukumati xabariga asoslanib, Daily Sabah ma'lum qildi

BMTda bolalarning "og‘ir sepsis"dan halok bo‘lgani ta'kidlangan, sog‘liqni saqlash vazirligi esa halokatda insonlarni ayblagan. To‘rt kunlik kampaniya davomida barcha bolalar uchun bir shprits qo‘llangan, vaksina esa shu paytgacha salqin haroratda saqlanmagan. 

Qizamiq - Sharqiy Afrikaning fuqarolik urushidan charchagan nochor mamlakati oldidagi yana bir muammo bo‘lib, ochlik va vabo qatorida turadi. 

Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, vaksinatsiyadan halok bo‘lgan bolalarning bari 5 yoshdan kichik bo‘lgan. Qizamiqqa qarshi vaksinatsiya kampaniyasi butun mamlkat bo‘ylab 2 milliondan ziyod bolani qamrab olgan. 

JSST Janubiy Sudan sog‘liqni saqlash xodimlari uchun tibbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazadi, AQSh bolalar agentligi esa hukumatga vaksinalarni yetkazib beradi.

AQSh ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda Janubiy Sudanda kamida 2294 qizamiq bilan kasallanish holati qayd etilgan, ulardan 28 nafari o‘lim bilan tugagan.

BMT bayonotiga ko‘ra, mamlakatdagi qizamiq xavfi "o‘ta yuqori" hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top