14:44 / 03.06.2017
13378

Bekobodda Damas va Neksiya to‘qnashib ketgani oqibatida bir qiz halok bo‘ldi

Toshkent viloyati Bo‘ka-Bekobod yo‘lining 88 kilometrida dahshatli avtohalokat ro‘y berdi. Unda Damas va Neksiya rusumli yengil avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgani oqibatida 2003 yilda tug‘ilgan qiz, 7-sinf o‘quvchisi hayotdan ko‘z yumgan. Uning onasi og‘ir tan jarohati olgan. Respublika IIV YHXBB vakili Kun.uz saytiga ma'lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea bo‘yicha dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, Damas yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan. Buning oqibatida ikkala to‘qnashgan mashina ham yonib ketgani xabar qilinmoqda. 

Shu bilan birga, vazirlik vakili haydovchilar taqdiri qanday ekaniga oydinlik kiritmagan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Top