08:11 / 03.06.2017
4524

Gvineya, Kot-d'Ivuar, Kuvayt, Peru va Polsha BMT Xavfsizlik kengashining 2018-2019 yillar uchun a'zolari etib saylandi

Foto: Manuel Elias

2 iyun kuni Gvineya, Kot-d'Ivuar, Kuvayt, Peru va Polsha BMT Xavfsizlik kengashining 2018-2019 yillardagi a'zolari etib saylandi. Bu haqda ovozlar hisob-kitob qilingandan keyin BMT Bosh assambleyasi sessiyasi raisi Piter Tomson ma'lum qildi. 
 
Ovoz berish vaqtida bu 5 ta davlat BMTga a'zo davlatlarning uchdan ikki qismining ovozini oldi. Kot-d'Ivuar uchun 189 ta, Kuvayt uchun 188 ta, Gvineya uchun 185 ta, Polsha uchun 190 ta va Peru uchun 186 ta delegatsiya ovoz berdi.

2018 yil 1 yanvaridan bu davlatlar BMT Xavfsizlik kengashi tarkibiga 2016 yildan beri kirgan Misr, Senegal, Yaponiya, Urugvay va Ukraina o‘rnini egallaydilar. 2018 yil oxirigacha Boliviya, Qozog‘iston, Shvetsiya i Efiopiya Xavfsizlik kengashining a'zolari sifatida qoladilar.

Bundan tashqari, Niderlandiya 2018 yilda Xavfsizlik kengashida Italiya o‘rnini egallaydi, chunki o‘tgan yilgi ovoz berishda Rim Xavfsizlik kengashidagi ikki yillik a'zolikni Amsterdam bilan bo‘lishishga rozi bo‘lgandi. Bu ikki davlat g‘olibni aniqlashning iloji bo‘lmagan bir necha ovoz berishdan keyin bu qarorga kelishgan. 

Xavfsizlik kengashi BMTning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlashga javobgar asosiy organi hisoblanadi. Uning tarkibiga 15 ta davlat: 5 ta doimiy a'zo – Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiya va har yili yarmiga yangilanib turadigan 10 ta vaqtinchalik a'zo kiradi. Xavfsizlik kengashi ishini unga a'zo davlatlardan birini bildiruvchi rais boshqaradi. Iyun oyida bu vazifani Boliviya bajarmoqda. 

Top