13:44 / 03.06.2017
18939

Pentagon rahbari: AQSh va Xitoy o‘rtasida mojaro yuz berishi mumkin

Foto: AFP

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Xitoyning KXDRni “bosib turish” bo‘yicha harakatlarini ma'qullaydi, biroq, Vashington Janubiy-Xitoy dengizidagi sun'iy orollarning harbiylashtirilishini qabul qilishga tayyor emas. Bu haqda u Singapurdagi xavfsizlik bo‘yicha xalqaro anjumanda chiqish qilib aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Mettisning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Xitoyning iqtisodiy rivojini ma'qullaydi, biroq, mamlakatlar o‘rtasida turli qarama-qarshiliklar bor ekanini ham tan oldi.

«AQSh va Xitoy, dunyoning ikki eng yirik iqtisodiyot o‘rtasidagi raqobatdan qochib bo‘lmaydi, mojaro ehtimolini istisno etish kerak emas», - deya qo‘shimcha qilgan Pentagon rahbari.

Mavzuga oid
Top