22:03 / 03.06.2017
34435

Zidanning beshinchi finali: «Yuventus» menga hamma narsa berdi, lekin hozir «Real» murabbiyiman

Bugun bo‘lib o‘tadigan chempionlar Ligasi finalida Madridning «Real» klubi murabbiyi Zinedin Zidan o‘zining sobiq klubi — Turinning «Yuventus» klubiga ro‘baro‘ bo‘ladi.

«Real»ning bosh murabbiyi Zinedin Zidan uchun «Yuventus»ga qarshi o‘tadigan chempionlar ligasi finali beshinchisi bo‘ladi. Ikki bor u «Yuventus» o‘yinchisi sifatida finalda yutqazgan, ikki bor esa «Real» o‘yinchisi va murabbiyi sifatida yutgan. TASS Madrid va Turin shahrining bosh jamoalarining tarixdagi esda qolarli voqealarni xotirlashga qaror qilgan.

 

«Barchasi uchun futbol o‘ynash uchun arzigulik»

«Real» va «Yuventus»ning qarama-qarshiligi Yevropa futbolida eng prinitsipiali hisoblanmaydi, garchi bugungi uchrashuv ularning 19-to‘qnashuvi bo‘lsa-da.

Ularning ichida 1998 yilda Amsterdamdagi finalning alohida o‘rni bor. «Yuventus» uchun bu ketma-ket uchinchi finali edi (1996 yil turinliklar «Ayaks»ni mag‘lubiyatga uchratishgan, keyin Dortmund «Borussiya»siga yutqazishgan), «Real» esa o‘shanda finalga so‘nggi 17 yil ichida ilk marta chiqqan, kubokni ko‘tarmaganiga 32 yil bo‘lgan edi.

Turnirning eng muvaffaqiyatli klubining eng cho‘zilgan seriyasiga yugoslaviyalik forvard Predrag Miyatovichning goli sharofati bilan nuqta qo‘yilgnan edi. Ikkinchi bo‘limda u Roberto Karlosning zarbasidan keyingi to‘pning sapchishidan foydalanib, o‘tkir burchakdan Anjyelo Perutstsi qo‘riqlayotgan darvoza to‘rini nishonga oldi.

«O‘sha o‘yin va o‘sha gol buyuk «Real» tarixidan o‘rin olishimga imkon yaratgan. Endi o‘zimning o‘yin kareram tarixiga e'tibor bersam, bitta o‘sha lahza uchun futbol bilan shug‘ullanganim arzir ekan», — deb eslagan keyinroq Miyatovich.

Qarama qarshilik tarixida esda qolarli lahzalar ko‘p bo‘lgan — bu o‘ziga xos sovuqqonligiga xiyonat qilib, Marselo Salayyetaning 2005 yilda «Real» darvozasini aniq nishonga olganidan so‘ng so‘ng quvonganidan sakrab yurgan Fabio Kapello; bu 2015 yil yarim finalida jonajon klubi darvozasiga urgan golini namoyishkorona nishonlamagan Alvaro Morata; yoki bu 2008 yilda «Sentyago Bernabeu»da Alessandro Del Peroning jarima zarbasidan urilgan aql bovar qilmas goli.

 

Nedved fojiasi

«Yuventus» va «Real»ning eng yorqin o‘yini 2003 yilda bo‘lib o‘tgan. Yarim final javob uchrashuvi oldidan (Madridda «Real» 2:1 yutgan) asosan Zinedin Zidanning Turinga qaytishi haqida gap-so‘zlar urchigandi, biroq fransuzning goli ispan komandasining joriga ora kirmadi.

Yuventus David Trezege va Del Peroning golaridan so‘ng 2:0 hisobida olingan chiqib oldi, Janluiji Buffon esa Luish Figuning penaltidan bergan zarbasini qaytardi. Bunning izidan Pavel Nedved mehmonlar darvozasiga uchinchi to‘pni yo‘llab, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

 

Biroq «Yuventus»ning g‘alabasiga o‘sha vaqtning eng yaxshi o‘yinchisi Nedved bilan sodir bo‘lgan falokat ko‘lanka tashlab qo‘ydi. O‘yin oxirida chexga maydon markazida noqulay oyoq tashlaganligi uchun sariq kartochka ko‘rsatildi va u diskvalifikatsiyaga uchrab, finalda maydonga tusha olmadi. Hal qiluvchi o‘yinda Nedvedsiz turinliklar penaltilar seriyasida «Milan»ga yutqazishdi.

 

Zidan Buffonga qarshi: oradan 11 yil o‘tib

«Yuventus»ga qarshi o‘yin men uchun alohida ahamiyatga molik bo‘ladi. «Yuve» mening kareramda juda muhim o‘rin tutadi. Bu klub menga hamma narsani bergan. Biroq men hozir butun umrim mazmuni bo‘lgan «Real»ning murabbiysiman. Bu juda ajoyib final bo‘ladi», — degan «Real» murabbiyi Zinedin  Zidan jamoasining yarim finaldagi muvaffaqiyatidan so‘ng. Aynan Zidan — har ikki klubni bog‘lab turuvchi bosh figuradir.

«Yuventus»da o‘ynab yurgan davrda (1996 yildan 2001 yilgacha) u chindan ham jahon miyoqsidagi yulduzga aylangan edi. Biroq bunday deb tan olinishiga uning klubdagi o‘yinlari emas, birinchi navbatda terma jamoadagi o‘yinlari sabab bo‘lgan. Zidan 1998 yili o‘z uyida o‘tgan jahon chempionati finalida braziliyaliklar darvozasiga ikki to‘p kiritgan, oradan ikki yil o‘tib Yevropa qit'asida ham zafar quchgan fransuz terma jamoasining ham yetakchisi u edi. Ha, «Yuventus» bilan Zidan ikki bor «A» Seriyani yutgan, lekin chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga musharraf bo‘lmagan — ikki final, ikki mag‘lubiyat.

Butun hayoti mazmuni bo‘lmish «Real»ga Zidan 2001 yilning yozida, o‘sha vaqt uchun o‘ta rekord bo‘lgan summa — 75 million yevro evaziga o‘tgan. «Yuventus» bu pullardan unumli foydalanib, Buffonni, «Parma»dan o‘sha vaqtning eng yaxshi himoyachilaridan biri Lilian Tyuramni va «Latsio»dan Nedvedni xarid qilishgan.

«Real»ga o‘tib Zidan ham adashmagani isbotlandi va dastlabki mavsumidanoq YeChLda zafar quchildi. «Bayyer»ga qarshi o‘tgan finalda fransuz fantastik gol urdi va bu ko‘pchilikning fikriga ko‘ra YeChL tarixidagi eng chiroyli goldir. 14 yil o‘tib Zidan Yevropa futbolining bosh sovrini murabbiy sifatida ham qo‘lga kiritdi.

Tahlilni nihoyalashdan avval yana bir tarixiy ilovacha. 2006 yilgi JCh finalida Zidan Buffonga penaltidan masxaraomuz gol uradi — to‘pni parashyut usulida to‘g‘ri darvoza markaziga yo‘naltirib. Biroq, Materatstsiyaga kalla qo‘ygani uchun futbol tarixidagi eng mashhur qizil kartochkani olgan Zidan o‘yindan keyingi penaltilar seriyasigacha yetib bora olmaydi.

11 yil o‘tib Buffon va Zidan yana katta o‘yinda bir-birlariga ro‘baro‘ bo‘lishmoqda, garchi fransuz murabbiy sifatida bo‘lsa ham. Buffonning ideal karerasida aynan chempionlar ligasida g‘alaba qozonish yetmay turibdi.

Top