12:40 / 04.06.2017
18364

Chempionlar Ligasida rekord o‘rnatildi

Chempionlar Ligasining yakunlangan 2016/17 yillardagi mavsumi musobaqa tarixidagi eng sermahsuli bo‘ldi.

O‘rtacha hisobda klublar bir o‘yinda 3,04 ta gol (125 ta o‘yinda 380 ta gol) urishdi va 2012/13 yillarda qayd qilingan rekord natijani yangilashdi. O‘sha mavsumda bir o‘yinda 2,94 ta gol urilgan.

Joriy Chempionlar Ligasi finalida "Real" "Yuventus"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu ketma-ket 5-marotaba  va o‘z faoliyatida 6-marotaba musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi Yevropaning klublararo bosh musobaqasida 12ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U shuningdek, 105ta gol bilan Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.

Top